ASHISH LIFE SCIENCE MANZILI

Bizning korxona Hindistonning Tarapur shahri, Maxarashtra viloyatida joylashgan. Turli xil veterinariya dori-vositalarini ishlab chiqarish uchun jahon sog'liqni saqlash tashkilotining GMP, Evropa Ittifoqi GMP va APVMA tomonidan tan olingan, jahon darajasidagi tashkilot. Rivojlanayotgan sanoat markazlaridan birida joylashgan zavodimiz so'nggi texnologiyalar va infratuzilma bilan jihozlangan.

KUKUN VA UNING QADOG’I

Kichik va yirik fermerlarning ehtiyojlarini qondirish hamda yirik sutchilik fermalari va parrandachilik fabrikalari uchun 5 g dan 25 kg gacha bo'lgan turli xil paket va barabanlarda suvda eriydigan kukun va granulalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Dori birikmalari vakolatli sotuvchilar tomonidan etkazib beriladigan sifat darajasi yuqori TQM-lardan tayyorlanadi.

BOLUS VA TABLETKALAR

ASHISH LIFE SCIENCE (ALS) butun dunyo bo'ylab sotilayotgan, yirik va mayda hayvonlar uchun mo’ljallangan turli shakl va o'lchamlardagi bolus va tabletkalar ishlab chiqarish bo'yicha ulkan imkoniyatlarga ega. Bolus va tabletka birikmalari kavsh qaytaruvchi va bir oshqozonli hayvonlarda ajoyib bioekvivalent xususiyatlarini namoyish etadi. Bizning jihozlarimiz mijozning talab va hohishlariga binoan dorilarning shakli, o'lchami, qoplamasi va rangini moslashtirishga imkon beradi.

OG'IZ ORQALI ICHIRILUVCHI SUYUQLIK VA PASTALAR

ALS ning og'iz orqali ichiriluvchi suyuqlik va pastalar ishlab chiqarish bo'limlari kuniga 3000 L quvvatga ega 1075 kvadrat metr maydonda joylashgan bo'lib, biz birikmalarning ta'mini, rangini va hidini mijozning talablariga binoan moslashtiramiz. Bizning og'iz orqali ichiriluvchi suyuqlik va pasta birikmalarimiz ko'plab xorijiy mamlakatlar va Hindiston yarim oroli hududlarida qo’llaniladi. Ushbu dori vositalari veterinariya uchun mo'ljallangan turli xil idishlarda hohlagan hajm kattalikda ishlab chiqariladi.

INYEKSIYALAR

ALS ning inyeksion preparatlar quyish bo’limi 761 kvadrat metr maydonda joylashgan bo'lib, kuniga 2000 litr quvvatga ega va zamonaviy uskunalar bilan yaxshi jihozlangan (PLC tizimiga ega to'liq avtomatlashtirilgan tunnel), maxsus analiz-sifat nazorati va sifat sertifikati bo'limiga ega. Zavod bozor talablariga mos 30 ml dan 500 ml hajmgacha PET va shisha idishlarni to'ldirish liniyalari bilan suyuq in'ektsiyalar ishlab chiqaradi.

Biz har bir ishimizda sifatga eng katta ahamiyat beramiz. Biz chorva mollari, parrandalar va ularga hamroh bo'lgan hayvonlar uchun yuqori sifatli, xavfsiz va samarali dori vositalari va ozuqaviy qo'shimchalar ishlab chiqarishni o'z zimmamizga olamiz. Bizning sifatga sodiqligimiz hayvonot dunyosi va uning egalari oldidagi javobgarligimizni belgilaydi.